Jahon

Shimoliy Koreyadan tonggi syurpriz: ballistik raketa sinovlari o‘tkazildi

KXDR 19 oktabr kuni Yapon dengizi tarafga ballistik raketa otdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Shimoliy Koreyadan tonggi syurpriz: ballistik raketa sinovlari o‘tkazildi

 

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati raketa otilgan tomonda bo‘lgan barcha kemalarni turli metall parchalari tushishidan ogohlantirgan.

 

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida hozirda holat yuzasidan o‘rganish olib borilayotganini maʼlum qilgan. Shuningdek, bosh vazir devonxonasi huzurida favqulodda shtab ish boshlagan.

 

Yaponiya hukumati aʼzosi Yosixiko Isodzaki raketa sinovlari BMT rezolyutsiyalarini buzish sifatida baholadi va Yaponiya nomidan diplomatik norozilik bildirdi.

 

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari  raketa suvosti kemalaridan otilganini qayd etgan. Seul AQSH bilan hodisani birgalikda tahlil qilishini maʼlum qilgan.

 

Bundan avval Kim Chen In Janubiy Koreya va AQSHni tanqid qilgani hamda Vashingtonda Shimoliy Koreya bo‘yicha muzokara o‘tkazilishi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Netanyaxu bilan ayrim masalalarda kelishmovchiliklar bor — Vens

AQSh vitse-prezidenti Isroil bilan ittifoqchilik saqlanayotganini, biroq ayrim siyosiy masalalarda Netanyaxu bilan qarashlar turlicha ekanini aytdi.

custom img

Pokistonning sobiq vaziri pedofiliyada gumonlanmoqda — The Guardian

Ruxsar Ahmad Buyuk Britaniyada 1990-yillardagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi ishi bo‘yicha tergov qilinmoqda.

custom img

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olmoqda —yangi holatlarning asosiy qismi noma’lum manbalardan

Kasallanganlar soni 3 874 nafarga, qurbonlar soni esa 1 751 nafarga yetdi.

custom img

Arab va musulmon davlatlari Quddusdagi muqaddas qadamjolarni himoya qilish rejasini ishga tushirdi

Tashabbus Isroil tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklarni hujjatlashtirish, muqaddas maskanlar atrofidagi vaziyatni muhokama qilishni nazarda tutadi.

custom img

Olimlar yer aholisi ikki baravarga qisqartirishni taklif qildi

Tadqiqotchilar fikricha, tabiiy resurslar tanqisligining oldini olish uchun 2200-yilgacha dunyo aholisini bosqichma-bosqich kamaytirish zarur.

custom img

Rossiyaning Kiyevga hujumlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Kiyev viloyatidagi hujumlarda Brovari, Bucha va Fastiv tumanlari eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar sifatida qayd etildi.

custom img

Eron bilan muzokaralar yaxshi o‘tdi — Tramp

AQSH prezidenti muzokaralar natijalari 48 soat ichida ma’lum bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Hamas qurolsizlantirilmaguncha Isroil G‘azoni tark etmaydi — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri G‘azodagi Isroil harbiylari mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq olganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"