O'zbekiston

Toshkent — Qarshi — Toshkent aviaqatnovi qayta tiklanadi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" AJ tomonidan Toshkent — Qarshi — Toshkent aviaqatnovi qayta tiklanadi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida xabar berdi.

Toshkent — Qarshi — Toshkent aviaqatnovi qayta tiklanadi

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yil 2-noyabrdan boshlab "O‘zbekiston havo yo‘llari" AJ Toshkent— Qarshi — Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni qayta tiklaydi.

 

Parvozlar haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

 

Parvoz vaqtlari:

 

  • Toshkentdan uchish: 19:00

  • Qarshiga kelish: 20:00

  • Qarshidan uchish: 20:40

  • Toshkentga kelish: 21:40

 

Maʼlumot uchun: aviachiptalar narxi Toshkent-Qarshi yo‘nalishida 212 ming so‘mdan, Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida esa 373 ming so‘mdan boshlanadi.

 

Bundan avval "Uzbekistan Airways" yangi model asosida Toshkentdan Moskvaga ilk parvozni amalga oshirgani, Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni oshirilishi hamda "Qarshi — Sankt — Peterburg" yo‘nalishidagi parvozning qoldirilganiga nima sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Fuqaro gaz hisoblagichining filtr qismidan rezina shlang orqali gaz tarmog‘iga ulangan.

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.