O'zbekiston

So‘nggi besh yillik: sohada ko‘plab imkoniyatlar yaratdi

So‘nggi besh yillikda olib borilgan islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilgani hech birimizga sir emas.

So‘nggi besh yillik: sohada ko‘plab imkoniyatlar yaratdi

 

Mazkur keng ko‘lamli islohotlar doirasida O‘zbekistonning ko‘p yillik tarixini tiklash, unutilib ketayotgan milliy anʼana va qadriyatlarimizni yosh avlodga aslicha yetkazish maqsadida, O‘zbek milliy maqom sanʼati, Respublika Baxshichilik sanʼati markazlari, Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamg‘armasi, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa instituti, hududlarda namunaviy maqom va Baxshichilik ansambllari tashkil etildi. Bundan tashqari, faoliyati milliy va jahon madaniyati namunalari bilan aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi, Xalqaro festivallar direksiyasi, va Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

Eng quvonarlisi, O‘zbek milliy maqom sanʼati markazi huzurida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri hamda Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi” tashkil etildi. Shuningdek, “Sharq musiqasi atamalarining qisqacha izohli lug‘ati” nashrga tayyorlanib, “Maqom asoslari” qo‘lyozmasi, “Xorazm maqomlari”, “Buxoro shashmaqomi”, “O‘zbek maqomlari” kitoblari o‘zbek, rus va ingliz tillarida, “Maqom asoslari”, “Bastakorlar ijodi” nomli o‘quv qo‘llanmalari hamda Komiljon Otaniyozov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan 3 ta kitob nashr etildi.

 

Eng muhimi, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan alohida eʼtibor qaratilgan, xalqona ijro yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Baxshichilik sanʼatini keng targ‘ib etish maqsadida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Xalqaro Baxshichilik sanʼati” festivalining tashkil etilishi bu sanʼatni targ‘ib etish va dunyo hamjamiyatiga namoyish etishda zamin yaratmoqda.

 

Bir so‘z bilan aytganda, madaniyat va sanʼat sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, tadbiq etilishga muhtoj bo‘lib turgan ikki sanʼat yo‘nalishi — maqom va baxshichilikni rivojlantirish, keng targ‘ib etish va dunyo hamjamiyatiga namoyish etish borasida amalga oshirilgan ishlar, halqaro hamkorliklarning samarali yo‘lga qo‘yilganligi, taʼlim sohasidagi innovatsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi va qator amaliy islohotlar O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasi to‘liq shakllanganidan dalolat, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

So‘nggi besh yillik islohotlari bizga ham ichki ham dunyo miqyosidagi katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Bugun erishayotgan yutuqlarimizni butun jahon eʼtirof etayotganligi, biz bilan har jabhada hamkorlikka tayyor ekanligi buning yaqqol misolidir.

 

Ozodbek Nazarbekov,

Madaniyat vaziri

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.