Eng dolzarb

Farg‘onada “auksion” orqali arzon yer maydoni olib beraman deb 60 million so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi

Аldov yo‘li bilan 60 million so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada “auksion” orqali arzon yer maydoni olib beraman deb 60 million so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi

 

Marg‘ilon shahrida fuqaroga “auksion” savdosidan arzon yer maydoni olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan 60 million so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Marg‘ilon shahrida 18-oktabr kuni fuqaro D.N. M.A.ni ishonchiga kirib, “auksion” savdosidan arzon yer maydoni olib berishini aytib, 60 million so‘m  olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan  qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Maʼlumot uchun: ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSH dollarga olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlangandi.

 

 Avvalroq Jarqo‘rg‘on tumanida zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani, 10 ming dollar evaziga uy-joy qurish uchun yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani, Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni 8 000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingani hamda DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olingani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"