O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasida ham saylov jarayoni qizg‘in o‘tmoqda
Turin va Florensiya shaharlarida, Gretsiyaning Afina va Maltaning Birkirkara shaharlarida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkillashtirilgan bo‘lib, ularda jami 142 saylovchi qatnashdi.

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi huzurida tuzilgan 16-saylov uchastkasida saylov jarayoni boshlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, saylov jarayoni boshida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi. Uchastka saylov komissiyasi raisi Otabek Akbarov komissiya aʼzolari hozirligida ovoz berish boshlanganini eʼlon qildi.
Uchastka saylov komissiyasi raisi va komissiya aʼzolari hozirligida saylov qutisi bo‘shligi tekshirildi, quti plombalandi va bu haqda dalolatnoma tuzildi.
Taʼkidlanishicha, ushbu tadbirda nafaqat Italiyaning Rim shahridan, balki Venetsiya, Kassino, Milan, boshqa viloyat va shaharlaridan saylovchilarning kelishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun: vakolatxona tomonidan 14-20 oktabr kunlari saylov uchastkasidan uzoqda yashaydigan O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Turin va Florensiya shaharlarida, Gretsiyaning Afina va Maltaning Birkirkara shaharlarida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkillashtirilgan bo‘lib, ularda jami 142 saylovchi qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, joylardan 17:00 ga qadar olingan maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududidagi 19 million 859 ming 127 nafar saylovchilardan 14 million 258 ming 780 nafari yoki 71,8 foizi ovoz bergandi.
Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi soat 11:00, 15:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 64,2 foizi ishtirok etgani, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 43-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etayotgani, Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari xorijdagi saylov uchastkalari to‘g‘risida maʼlumot berilgani hamda saylovchilarning umumiy soni 21,2 million nafardan oshgani haqida xabar berilgandi.







