Eng dolzarb

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 43-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda

Turkiyada vaqtincha bo‘lib turgan va istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari saylov jarayonida faol ishtirok etib, o‘zlarining tanlovlarini amalga oshirmoqda.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 43-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda

 

 

Bugun yurtimizning Turkiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 43-saylov uchastkasida O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.

 

“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, saylov uchastkasida saylov jarayonlari mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi.

 

Qayd etilishicha, ovoz berish jarayoni O‘zbekiston Konstitutsiyasi, yangi qabul qilingan Saylov kodeksi, milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar hamda qabul qilingan talablarga rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda.

 

"O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi huzuridagi tuzilgan saylov uchastkasida ovoz berish uchun barcha sharoit yaratilganligiga yana bir bor guvoh bo‘ldim. Prezidentlikka nomzodlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar va ularning saylovoldi dasturlari bilan tanishib, fuqarolik burchimni ado etgan holda munosib nomzodga ovoz berdim", — deydi Turkiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshimiz Zumrad Ostanqulova.

 

Maʼlumot uchun: Turkiyada vaqtincha bo‘lib turgan va istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari saylov jarayonida faol ishtirok etib, o‘zlarining tanlovlarini amalga oshirmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, YEXHT parlamentlar assambleyasi kuzatuvchilari O‘zbekiston Prezidenti sayloviga yuqori baho bergandi. Shu bilan birga, kuzatuvchilardan biri afg‘onistonlik Nuri Husayn Ali, Tojikistonlik kuzatuvchi hamda Pokiston mamlakati kuzatuvchisi Tezeen Akhtar O‘zbekiston Prezidenti saylovi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishgandi.

 

Bundan avval Markaziy saylov komissiyasi soat 11:00 ga qadar ovoz bergan saylovchilar ko‘rsatkichini eʼlon qilgani, saylovi jarayonlarini yoritish uchun qanday hujjat talab qilinishi, saylovchilarning umumiy soni 21,2 million nafardan oshgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilar uchun eslatma hamda Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha 10 mingdan ortiq saylov uchastkasi tuzilgani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 43-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda | Zamon.uz