O'zbekiston

Davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat taʼtili 27 kunga uzaytirilishi mumkin

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasida yillik mehnat taʼtili bo‘yicha muddatlarni uzaytirish nazarda tutilmoqda.

Davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat taʼtili 27 kunga uzaytirilishi mumkin

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan uch o‘qishda qabul qilinib, ayni damda Senatga jo‘natilgan kodeks matnida yillik mehnat taʼtili bo‘yicha bir qator yangiliklar mavjud.

 

Unga ko‘ra, yangi kodeksda xodimlarga yillik asosiy mehnat taʼtilining eng kam muddati sifatida 21 kalendar kun ko‘rsatilgan. Amaldagi kodeksda esa bu muddat kamida 15 ish kunini tashkil etadi.

 

Maʼlumot uchun: yangi kodeksda davlat xizmatchilariga beriladigan yillik asosiy uzaytirilgan mehnat taʼtilining aniq muddati belgilab qo‘yilmoqda. Yaʼni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xizmatchilariga davomiyligi 27 kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil berilishi mumkin.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, 15 ish kunidan iborat taʼtil davlat xizmatchilariga ham tatbiq qilib kelingan va bu muddat jamoa shartnomasiga ko‘ra beriladigan qo‘shimcha taʼtil hisobiga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan. Kodeks ushbu ko‘rinishda qabul qilinsa, davlat xizmatchilari uchun kamida 27 kunlik mehnat taʼtili kafolatlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, loyihaga ko‘ra, davlat xizmatchilarining ayrim toifalari uchun qonunlarda belgilangan yillik mehnat taʼtilining 27 kundan ham uzoqroq muddatlari o‘z kuchida qoldiriladi va 27 kunlik muddat ushbu uzaytirilgan taʼtillarga tatbiq etilmaydi.

 

 Bundan avval O‘zbekistonda byurokratiyaga yo‘l qo‘ygan 38 nafar amaldorga intizomiy chora ko‘rilgani hamda Senat tomonidan joriy yil uchun davlat byudjeti xarajatlariga oid hujjat tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.