0

Toshkent davlat texnika universiteti oshxonasi yonib ketdi

Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan.

Toshkent davlat texnika universiteti oshxonasi yonib ketdi

 

Joriy yilning 28-oktabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet  ko‘chasida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan

 

Mazkur holat yuzasidan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:03 da qurshab olindi va soat 14:09 da batamom o‘chirildi.

 

Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 M.kv maydoni yonib zararlangan.

 

Hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Avvalroq NamDUga tegishli talabalar yotoqxonasida yong‘in kelib chiqqandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Toshkent davlat texnika universiteti oshxonasi yonib ketdi