Jahon

Ochlik eʼlon qilgan Saakashvili vrachlarni qabul qilishdan bosh tortdi

U 29 kundan buyon ovqatlanmayapti.

Ochlik eʼlon qilgan Saakashvili vrachlarni qabul qilishdan bosh tortdi

Gruziya sobiq prezidenti Saakashvili  vrachlar konsiliumi bilan hamkorlik qilish va tahlillar topshirishdan bosh tortdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

 

Sobiq prezident bir necha kundan buyon muolaja olish yoki olmaslik yuzasidan aniq fikrga kelolmayotgan edi. U ochlik eʼlon qilgan va  29 kundan buyon ovqatlanmayapti. Shu kunlarda esa turma maʼmuriyati uning advokatlari kirishi tartibini kuchaytirganiga norozilik tarzida vrachlarni qabul qilishdan bosh tortdi.

 

“O‘zingizga maʼlum saylov kuniga qadar minimal jismoniy faollikni va fikrlash qobiliyatimni saqlab turish maqsadida hukumat tomonidan tayinlangan vrachlar konsiliumi bilan hamkorlik qilayotgandim. Ammo bugundan bu jarayon tugaganini maʼlum qilaman va vrachlarga minnatdorchilik bildiraman. Hukumat ularning asosiy takliflariga quloq solmaganidan afsusdaman. Shu kundan boshlab ochlikka qarshi tabletkalarni qabul qilmayman va qon topshirmayman”, – deyiladi siyosatchining Facebook‘dagi sahifasida eʼlon qilingan xabarda.

 

Maʼlumot o‘rnida: Saakashvili 1 oktyabr kuni qamoqqa olingan. U Gruziyaga 8 yillik tanaffusdan so‘ng qaytib keldi. Saakashvili 2004-2013 yillarda mamlakatni boshqargan. Shundan keyin keyin u Ukraina fuqaroligini qabul qilgan va bir qancha lavozimlarda ishlagan.

 

Bundan avval Irakliy Kobaxidze Saakashvili mavzusi 30 oktyabrdan keyin ko‘pchilikning esidan chiqib ketishini aytgandi. Shuningdek, sobiq prezident nima uchun Gruziyaga qaytgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.