Jahon

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

 

Qirg‘izistonda qurilish kompaniyalariga poydevor va yer osti qurilish ishlari to‘liq yakunlanmaguncha turar joy va noturar joy binolarini sotish, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzish hamda loyihalarni reklama qilish taqiqlandi.

 

Ma'lum qilinishicha, tegishli buyruqni mamlakat Qurilish, arxitektura, uy-joy va kommunal xizmatlar vaziri Nurdan Oruntayev imzolagan.

 

Yangi talabga ko‘ra, qurilishning nolinchi sikli yakunlangunga qadar ishlab chiquvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

  • qurilish loyihalaridagi turar joy va noturar joy binolarini sotish;

  • fuqarolar va yuridik shaxslardan qurilish uchun mablag‘ jalb qilishni nazarda tutuvchi ulushli ishtirok shartnomalari, dastlabki kelishuvlar va boshqa fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish;

  • qurilish loyihalarini reklama qilish.

 

Nolinchi sikl deganda poydevorni o‘rnatish va yer osti qurilish ishlarini to‘liq yakunlash bosqichi tushuniladi.

 

Mazkur talablar bajarilishini Davlat arxitektura va qurilish nazorati departamenti kuzatib boradi. Jumladan, noqonuniy reklama, kvartiralarni sotish tashabbuslari va qurilish uchun mablag‘ yig‘ish holatlari aniqlansa, departament o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘radi.

 

Qurilish vazirligi qurilish kompaniyalari bilan yangi tartib bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borayotganini bildirgan. Kompaniya rahbarlariga yangi talablar yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ularga rioya qilmaslik uchun jarimalar mavjudligi haqida ogohlantirilgan.

 

Vazirlikning ta’kidlashicha, yangi tartib uy sotib oluvchilarning mablag‘lari va huquqlarini himoya qilish, shuningdek, qurilishi hali boshlang‘ich bosqichda bo‘lgan loyihalarga investitsiya kiritish bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga qaratilgan.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.