Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin
U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.
Demokrat nomzod Abdul El-Sayed Michigan shtatidan AQSh Senatiga saylandi. Bu haqda Associated Press xabar berdi. Shu tariqa u AQSh Senati tarixidagi ilk musulmon senator bo‘ladi.
Saylovda El-Sayed respublikachi Mayk Rojers bilan bellashgan. Dastlabki natijalarga ko‘ra, ovozlarning 82 foizi sanalganda demokrat nomzod 50,10 foiz, uning raqibi esa 45,50 foiz ovoz to‘plagan. Keyinchalik Associated Press El-Sayedning g‘alabasini e’lon qilgan.
Saylov kampaniyasi davomida AQSh prezidenti Donald Tramp El-Sayedni tanqid qilib, uni “jihodchi” deb atagan. Shuningdek, uni milliy xavfsizlikka tahdid sifatida ko‘rsatgan va Michigan saylovchilarini respublikachi Mayk Rojersga ovoz berishga chaqirgan.
El-Sayed saylov kampaniyasida Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin yondashuvdan foydalangan. Siyosiy tahlilchi Pavel Dubravskiyning Lenta.ru nashriga aytishicha, nomzod videolar uslubi va ranglar tanlovida Mamdani kampaniyasidan namuna olgan.








