Jahon

Xitoy yaqin yillar ichida harbiy qudrat bo‘yicha AQSH va Rossiyani ortda qoldirishi mumkin — Jon Xayten

Bunga nima sabab bo‘lishi aytildi.

Xitoy yaqin yillar ichida harbiy qudrat bo‘yicha AQSH va Rossiyani ortda qoldirishi mumkin — Jon Xayten

 

Xitoy yaqin yillar ichida harbiy qudrat bo‘yicha AQSH va Rossiyani ortda qoldirishi mumkin. Bu haqda AQSH qurolli kuchlari shtab boshlig‘i o‘rinbosari Jon Xayten maʼlum qilgan.

 

Xaytenga Vashington harbiy analitiklar guruhi bilan uchrashuv vaqtida Rossiya emas, balki Xitoyning harbiy salohiyati o‘sishi AQSH uchun asosiy tahdidmi, degan savol bilan murojaat qilishgan.

 

“Rossiya hamon muqarrar tahdid hisoblanadi. Chunki u 1550 yadro zaryadiga ega. Xitoy esa bu raqamlarning atigi 20 foiziga egalik qiladi”, – degan Xayten.

 

Uning fikricha, Rossiya haqida yaqin istiqbolda xavotirlanish kerak. “Ammo bo‘lajak xavf – bu Xitoy. Chunki Xitoyning harbiy qurilishdagi o‘sishi –  aqlbovar qilmas darajada. Ularning armiyasi turgan nuqtaga qarasak, AQSH va Rossiyadan o‘zib ketishi mumkin”, – deya qo‘shimcha qildi general.

 

Shuningdek, Xaytenning fikricha, agar AQSH ittifoqchilarsiz harakat qilsa, besh yildan keyin muammoli  vaziyat  bo‘ladi.  General bu bilan nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan.

 

Bundan avval Jozef Bayden Xitoy bilan sovuq  urushni istamasligini aytgandi. Shuningdek, Xitoy yangi gipertovushli qurol sinovini o‘tkazgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

Xitoy yaqin yillar ichida harbiy qudrat bo‘yicha AQSH va Rossiyani ortda qoldirishi mumkin — Jon Xayten | Zamon.uz