Jamiyat

Davlatobodda “Nexia 2” yonib ketdi

Yong‘in natijasida tan jarohat olganlar aniqlanmadi.

Davlatobodda  “Nexia 2” yonib ketdi

Joriy yilning 30 oktyabr kuni soat 16:15 da Davlatobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga “Davlotobod tumani-Lola” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida “Nexia 2” rusumli avtomobili bilan bog‘liq yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida maʼlumot kelib tushdi.

Voqea joyiga Davlatobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi soat 16:22 da yetib bordi.

Sodir bo‘lgan yong‘inni yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan soat 16:28 da o‘chirildi.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, To‘raqo‘rg‘on tumanida “Spark” hamda Samarqandda “Captiva” yonib ketgani ҳaqida xabar bergandik.

 

Munojat Valiyeva

Davlatobodda “Nexia 2” yonib ketdi | Zamon.uz