Mutaxassis onlayn tarmoqda shaxsiy maʼlumotlarni firibgarlardan qanday himoya qilish yo‘lini ko‘rsatdi
Shaxsiy maʼlumotlaringizni firibgarlardan himoya qilishning asosiy usuli — bu smartfon va SIM-kartaga yuqori sifatli parol o‘rnatishdir.

“TelecomDaily” bosh direktori Denis Kuskov firibgarlikdan saqlanishda o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mutaxassis smartfonni notanish shaxslarga bermaslikni, notanish saytlarga kirmaslikni taʼkidlaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, antivirus dasturini o‘rnatishdan tashqari telefonda yashirin yoki qo‘shimcha sozlamalar bilan bog‘liq ortiqcha maxsus qo‘shimchalar qilinmaslik lozim. Mutaxassisning tushuntirishicha, “Apple” yoki “Google” kabi operatsion tizim egalari o‘z ilovalarini foydalanuvchiga taqdim qilishda shaxsiy maʼlumotlarni to‘liq holda kiritishni qatʼiy talab qilishadi.
Kuskov mobil qurilma bilan kredit yoki debet bank kartalarini suratga olmaslikni, hatto, gadjet xotirasida saqlamaslikni tavsiya qiladi. Shuningdek, bunday suratlarni messenjerlar yoki SMS xabarlar orqali hech kimga yubormaslikni ham maslahat beradi.
“IT-Reserve” hamkori va direktori Pavel Myasoyedov esa tezkor messenjerlarda foydalanuvchilar haqidagi katta hajmdagi shaxsiy maʼlumotlar saqlanishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfonlardan yozishmalar to‘liq olib tashlanganidan keyin ham shaxs haqidagi maʼlumotlar serverlarda saqlanib qoladi.
Bundan avval 1 million kredit karta maʼlumotlari firibgarlar qo‘liga tushgani, IIV ijtimoiy tarmoqlarga shaxsiy maʼlumotlarni qo‘yishda ehtiyot bo‘lishni taʼkidlagani hamda “Instagram”dagi firibgar qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







