O'zbekiston

O‘zbekistonning havosi eng iflos hududlari eʼlon qilindi

Qaysi viloyatda zararli moddalar atmosferaga eng ko‘p chiqarilayotgani haqida statistik maʼlumotlar eʼlon qilindi.

O‘zbekistonning havosi eng iflos hududlari eʼlon qilindi

 

Ekologlarning  xulosasiga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonda atmosferaga jami 924 ming tonna miqdorida  zararli moddalar chiqarilgan.

 

Ekologik jihatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan viloyatlar ro‘yxatida dastlabki  o‘rinlarni  Toshkent va Qashqadaryo egalladi. 

 

Ushbu hududlarda havoni ifloslantiruvchi moddalarning 60 foizi atmosferaga chiqarilgan. Ekologik jihatdan eng toza viloyatlar esa – Xorazm, Surxandaryo va Jizzax hisoblanadi.

 

Maʼlumot uchun: transport vazirligi vakili Sherbek Erbekov 2030 yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasiga atmosferani ifloslantiruvchi moddalarni 10 foizga kamaytirish, jamoat transportining 80 foizini gaz bilan to‘ldirilgan yoqilg‘i va elektromobillarga o‘tkazish tizimi kiritilganini aytib o‘tgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval so‘nggi 4 yilda shaharlarda chang-gaz miqdori meʼyordan 4 baravar oshgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova