O'zbekiston

“Yangi O‘zbekiston massivlari” inson qadri uchun xizmat qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida “Yangi O‘zbekiston massivlari”ni barpo etish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olinmoqda.

“Yangi O‘zbekiston massivlari” inson qadri uchun xizmat qiladi

 

“Yangi O‘zbekiston massivlari” kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etiladi. Bunda har bir massivga ajratiladigan yer uchastkalarida sanoat loyihalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi.

 

Demak, bu massivlar aholisi o‘z uyi yaqinida ishli bo‘lish, yaxshi daromad topib, farzandlarini zamonaviy taʼlim muassasalarida o‘qitib, hech kimdan kam qilmay voyaga yetkazishi mumkin.

 

Taʼkidlash joiz, “Yangi O‘zbekiston massivlari” mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida boshlanayotgan yangi, o‘z navbatida, muhim xalqchil loyiha hisoblanadi.

 

Maʼlumot uchun: O‘zbekistonda har yili 300 mingga yaqin nikoh qayd etilmoqda. Mamlakatimiz nufusi esa kelgusi besh yilda 38 millionga yetishi prognoz qilingan.

 

Har bir hududda 3 tadan yangi massiv barpo etiladi

 

Bu haqda taʼkidlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli vazirlik va idoralar masʼullari viloyat hokimlari bilan birga 1 oy muddatda har bir hududda kamida 3 tadan yer maydonini aniqlab, jami 40 ta uy-joy massivini barpo etish bo‘yicha tanlovlarni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi.

 

– Bunda yerlar ochiq auksionga chiqariladi va qaysi tadbirkor uyning narxini arzon qilib berish majburiyatini olsa, unga afzalliklar beriladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

2022 yil: yangi massivlardagi uylarning mingtasi ehtiyojmand oilalar va yolg‘iz ayollarga beriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyov kelgusi yili “Yangi O‘zbekiston massivlari”da qurilayotgan uylarning 1 mingtasi ehtiyojmand oilalar va yolg‘iz ayollar uchun davlat tomonidan kafolatli sotib olinishi haqida maʼlum qildi.

 

Buning uchun 220 milliard so‘m mablag‘ qurilish tashkilotlariga oldindan o‘tkazib berilishi aytildi.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.