Jamiyat

Bir-biriga notanish ayol va erkakning zino qilishiga sharoit yaratib bergan ayolga chora ko‘rildi

Navoiylik 52 yoshli ayol doimiy qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelgan.

Bir-biriga notanish ayol va erkakning zino qilishiga sharoit yaratib bergan ayolga chora ko‘rildi

 

Qiziltepa tumanida istiqomat qiluvchi 52 yoshli M.N. pul topishning oson va qing'ir yo'lini tanladi. U tuman IIB TEQKG va JQB xodimlari o‘tkazgan maxsus tezkor-profilaktik tadbirda 2 fuqaroga faхsh ishlar uchun sharoit yaratib berish evaziga 200 ming so‘m miqdorida pul olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

 

Bundan avval Toshkentda 359 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun javobgarlikka tortilgani hamda 3 ayolni Turkiyaga fohishalik qilish uchun jo‘natayotgan ayol Toshkent aeroportida ushlangani  haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

 

Bir-biriga notanish ayol va erkakning zino qilishiga sharoit yaratib bergan ayolga chora ko‘rildi | Zamon.uz