Sport

Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi

️ 2022-yil 1-avgustdan hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasi orqali amalga oshiriladi.

Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi

 

“Sport taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5279-son, 05.11.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

 

Qarorga ko‘ra, Olimpiya zaxiralari kollejlari negizida Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos taʼlim muassasasi shaklidagi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi.  

 

 2022/2023 o‘quv yilidan (2022-yil 1-sentabrdan):

 

  •  olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari kontingenti faqat olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha shakllantiriladi (bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari mustasno);

 

  •  O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan mazkur kollejlarning tegishli paralimpiya sport turlari bo‘limlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun 10 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratiladi;

 

  •  taʼlim jarayoni umumiy o‘rta taʼlim hamda o‘rta maxsus professional taʼlim bosqichlarida amalga oshiriladi;

 

  •  olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, shuningdek, bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qabul kvotalari erkaklar va ayollar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan teng ravishda belgilanadi (2022/2023 o‘quv yilida ayollar ulushi 30 foiz, 2023/2024 o‘quv yilida – 40 foiz, 2024/2025 o‘quv yilida – 50 foizni tashkil qiladi);

 

  •  o‘quvchilarni tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi bekor qilinadi.

 

Qaror bilan shuningdek, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji bazasida uch yillik “spetsialitet” dasturni amalga oshiradigan davlat OTM shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti tashkil qilinadi.  

 

 Institutga faqat olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini bitirib olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa aʼzolari bo‘lgan yoshlar sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

 

️ 2022-yil 1-avgustdan hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Avvalroq O‘zbekistonda ilk bor xalqaro fizika olimpiadasi bo‘lib o‘tishi, og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bronza medal bilan boshlagani hamda sportchilarimiz virusdan o‘zini qanday himoya qilishi haqida xabar berilgandi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

custom img

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Argentinalik jurnalistga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi jamoadoshlariga Ispaniya bilan bahs uning terma jamoa safidagi so‘ngi o‘yini ekanini aytgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"