Jamiyat

“Ikki yo‘l” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Ushbu filmda ota va o‘g‘il o‘rtasidagi munosabatlar, insoniy tuyg‘ular aks ettirilgan.

“Ikki yo‘l” qisqa metrajli filmi suratga olindi

 

Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, agentlik buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Ikki yo‘l” (“Two ways”) qisqa metrajli filmi suratga olindi.

 

Maʼlumot uchun: postanovkachi rejissyorlar Murad Guseynov, Saddam Mexdiyev, operator Zikrillo Hikmatov. 

 

Qayd etiliishicha, mazkur kinokartina “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida ozarbayjonlik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Filippin, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.


Avvalroq o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida hujjatli film suratga olingani, Cho‘lpon haqidagi hujjatli filmning premyerasi, “Mehr” operatsiyasiga bag‘ishlangan hamda “Bir kunlik to‘y” komediyasi premyerasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

“Ikki yo‘l” qisqa metrajli filmi suratga olindi | Zamon.uz