O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidentining inauguratsiya marosimi — Janubiy Koreya matbuoti nigohida

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi va saylov jarayonida u umumxalq muhokamasidan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidentining inauguratsiya marosimi — Janubiy Koreya matbuoti nigohida

 

Janubiy Koreyaning nufuzli nashrlaridan biri - "The Korea Post‘ jurnalining rasmiy veb-sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishgani haqida maqola eʼlon qilindi.

 

 “Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, maqolada 6 noyabr kuni Toshkentda Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tantanali marosimda Markaziy saylov komissiyasi raisi Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasini topshirgani qayd etildi.

 

Taʼkidlanishicha, shuningdek inauguratsiya marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyevning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar haqidagi nutqining mazmun-mohiyati batafsil tahlil qilingan.

 

"Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi, deb yozadi "The Korea Post".

 

Eslatib o‘tamiz, Omanda nashr etiladigan "Asdaa Oman" gazetasi bosh muharriri Ali al-Hasaniy O‘zbekiston Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi Janubiy Koreya matbuoti, Turkiyada nashr etiladigan “Yazar” gazetasi sahifasida “Har bir inson ko‘rishi kerak bo‘lgan mamlakat: Beruniy, Naqshbandiy, Buxoriy va Termiziyning diyori – O‘ZBEKISTON”, Hindistonning “Political Events” jurnali sahifasida “Yangi O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining xalqaro-huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda” sarlavhali maqola hamda Saudiya Arabistonining yetakchi nashrlaridan biri bo‘lgan "Al-Muashshir al-Iqtisadiy" gazetasida "O‘zbekiston 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rmoqda" nomli maqola chop etilgani haqida xabar berilgandi.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.