0

2022-yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshishi kutilmoqda

Real o‘sish surʼati 5,9 foizni tashkil etishi prognoz qilingan.

2022-yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshishi kutilmoqda

 

 

Hisob palatasi 2022-yil uchun davlat byudjeti yuzasidan o‘z xulosasini eʼlon qildi. Unda davlat byudjeti hisobidan rivojlantirish dasturlari mavjud bo‘lmagan ayrim vazirlik va idoralarning maqsadli indikatorlari ularning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 2022-yilda real o‘sish surʼati 5,9 foizni tashkil etishi prognoz qilingan. 2023-yilda 5 foiz, 2024-yilda ham 5 foiz miqdori qayd etilgan.

 

Elektr energiyasi va tabiiy gazni ichki isteʼmolchilarga sotish narxi, issiq suv va issiqlik, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari oshishi kutilmoqda. Bu 2020-2021 yillarda ushbu resurslar narxlari o‘zgarmagani va keyingi yilda indeksatsiya qilinishi ko‘zda tutilayotgani bilan izohlangan.

 

Maʼlumot uchun: hisob palatasi tomonidan soliq solish bazasidagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish hajmlaridagi o‘sish ko‘rsatkichlari, soliq maʼmurchiligidagi o‘zgarishlar va soliq imtiyozlari tarkibi tahlil qilinib, byudjet daromadlari prognozi belgilanishida ayrim tushumlarning manbalari yetarli emasligi yoki to‘liq hisobga olinmaganligi aniqlanib, Loyihaga tegishli tuzatishlar kiritish tavsiya etildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo va Xorazmda elektr stansiyalari qurilishi, Toshkent shahrining ikki tumanida elektr taʼminotida avariyali uzilish kuzatilishi hamda Toshkentda issiqlik taʼminotini yaxshilash uchun qariyb 1,4 mlrd yevro sarflanishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

2022-yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshishi kutilmoqda