Jahon

Ilon Mask kompaniya aksiyalarining yangi qismini sotdi

Bu haqda meʼyoriy hujjatlarga tayanib, Interfaks xabar berdi.

Ilon Mask kompaniya aksiyalarining yangi qismini sotdi

 

Qayd etilishicha, Amerika elektromobil ishlab chiqaruvchisining 639 737 dona aksiyasi 1056,03 dollardan 1104,15 dollargacha bo‘lgan narxda sotilgan. Sotilgan aksiyalarning umumiy qiymati taxminan 687 million dollarni tashkil etdi.


Shu hafta boshida Ilon Mask 5 milliard dollarga yaqin aksiyalarni sotdi.


O‘tgan dam olish kunlari Mask agar “Twitter” foydalanuvchilari bunday harakat uchun ovoz berishsa, Tesla aksiyalarining 10 foizini sotishga vaʼda bergan edi. Ijtimoiy tarmoqda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, u ushbu paketni amalga oshirishi kerak edi.

 

Respondentlarning qariyb 58 foizi aksiyalarni sotish uchun ovoz bergan. Shundan so‘ng Mask vaʼdasida turib aksiyalarini sotgan edi.

 

Maʼlumot uchun: Tesla aksiyalari juma kungi dastlabki savdolar davomida 0,8 foizga arzonlashdi.

 

Eslatib o‘tamiz, “Forbes” nashri Ilon Maskni dunyodagi eng boy odam deb eʼlon qildi. Uning boyligi 271,3 milliard dollarga yetgan.

 

Avvalroq  2020 yilda Ilon Maskning qancha oylik maosh olgani, “Tesla” kompaniyasi robot-gumanoid ustida ishlayotganini maʼlum qilgani hamda dunyoni tirbandliklardan xalos etmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Ushbu chora Kaliningrad viloyatini transport blokadasidan himoya qilish va uning uzluksiz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.