Jahon

Yevropa Ittifoqi o‘z tarixida ilk bor harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi mumkin

Bu 2023 yilda amalga oshiriladi.

Yevropa Ittifoqi o‘z tarixida ilk bor harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi mumkin

 

Yevropa Ittifoqi 2023 yilda o‘z tarixida ilk bor harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi mumkin. Bu haqda El Pais gazetasi maʼlum qildi.   

 

Gazeta qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan maxfiy hujjatda Yevropa ittifoqining “o‘z dunyoqarashini ilgari surishi va manfaatlarini himoya qilishi uchun” zarur bo‘lgan qurolli kuchlarga egalik qilish zarurligi haqida so‘z boradi.

 

“2023 yildan boshlab biz doimiy harbiy, xususan, harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazamiz”, – deyiladi hujjatda.

 

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari Yevropa Shoshilinch chora ko‘rish kuchlari tuzilishiga yordam beradi. Bu kuchlar soni 2025 yilga kelib 5 mingni tashkil etishi mumkin. Shuningdek, hujjatda YEI davlatlari qurolli agressiya payti  o‘zaro yordam berishini kuchaytirish maqsadida doimiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi davom ettiriladi. Qayd etilishicha, ushbu tashabbus Yevroittifoq davlatlari tashqi ishlar va mudofaa vazirlari yig‘ilishida muhokama qilinadi.

 

Yevropa Ittifoqi iqtisodiy integratsiyaga erisha olgan bo‘lsa-da, yagona Yevropa qurolli kuchlari masalasi hamon tuzilmay kelmoqda. Hozirda ittifoqqa aʼzo davlatlarning deyarli barchasi NATOga aʼzo va aynan ushbu alyans Yevropa xavfsizligida hal qiluvchi o‘ringa ega.

 

Avvalroq Yevropa Ittifoqining Ukrainada harbiy missiyasi ochilishi mumkinligi hamda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Yevropa ittifoqi armiyasini tuzish maqsadga muvofiq emasligi haqida fikr bildirgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.