Jahon

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

 

Oq uy AQShning Ogayo shtati, Chillikot shahrida 7-oktabr kuni Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari tomonidan qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Sardor Tirkashev haqida ma’lumot berdi.

 

Oq uyning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Tirkashev boshqa hibsga olingan hujjatsiz muhojirlar bilan birga “Qo‘shma Shtatlardagi eng xavfli jinoyatchilar” qatorida tilga olingan.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Tirkashev avval og‘irlashtiruvchi holatlardagi ikki hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

 

28-oktabr kuni AQSh Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) Ogayo shtatida jinoiy tarixga ega, mamlakatda hujjatsiz yashayotgan muhojirlarning hibsga olingani haqida xabar berdi. Agentlik ular orasida jinsiy tajovuz, bo‘g‘ib o‘ldirish, mast holda avtomobil boshqarish va kokain savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar borligini ma’lum qildi.

 

DHS direktori Markueyn Mullinning ta’kidlashicha, idora jinoiy tarixga ega hujjatsiz muhojirlarni hibsga olish va deportatsiya qilish ishlarini davom ettiradi.

 

Shu bilan birga, Slavyan Sakramento nashri Sardor Tirkashevning hibsga olingani haqida huquqni muhofaza qilish organlaridan ma’lumot topganini, biroq ICEdan bu holat yuzasidan bevosita tasdiq ololmaganini yozgan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Indoneziyada o‘rmon yong‘inlaridan tarqalgan quyuq tutun sababli nafas yo‘llari kasalliklari ko‘paymoqda.

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

Belgilangan vaqtda ketma-ket ikki marta kelmagan tashuvchilarning depoziti davlat budjetiga o‘tkaziladi.