Jahon

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

 

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Toledo provinsiyasida ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida kamida 68 kishi halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qildi. Bu haqda El Plural xabar berdi.

 

“Butun Ispaniya motamda”, — dedi hukumat rahbari.

 

Ispaniya transport vaziri Oskar Puente dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan. Uning aytishicha, tizim poyezdlarga to‘xtash signalini bergan, biroq qisqa vaqt o‘tib, poyezdlardan biri harakatni davom ettirish signalini olgan.

 

Halokat 28-oktabr kuni soat 08:54 atrofida Toledo provinsiyasidagi Urda shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Davlatga qarashli Renfe kompaniyasining AVE poyezdi va Iryo xususiy tashuvchisining poyezdi yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyasida to‘qnashgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Iryo poyezdi relslarda to‘xtab qolgan, uning ortidan kelayotgan Renfe poyezdi esa unga urilgan. To‘qnashuv oqibatida bir nechta vagon relsdan chiqib ketgan.

 

Ispaniyaning CSIF kasaba uyushmasi transport vaziri Oskar Puenteni isteʼfoga chiqishga chaqirdi. Uyushma vazirni masʼuliyatni o‘z zimmasiga olish o‘rniga, temir yo‘l xodimini aybdor qilib ko‘rsatishga urinayotganlikda tanqid qildi.



Oskar Puente hozircha isteʼfoga chiqish niyati yo‘qligini bildirgan. Uning aytishicha, birinchi navbatda halokat sabablarini aniqlash va voqeani to‘liq tekshirish kerak.



Bosh vazir Pedro Sanches agar beparvolik yoki qoidabuzarlik aniqlansa, qatʼiy choralar ko‘rilishini vaʼda qilgan.

 

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Dastlabki taxminlar orasida signalizatsiya tizimidagi nosozlik va inson omili bor. Madrid va Andalusiya o‘rtasidagi tezyurar poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Indoneziyada o‘rmon yong‘inlaridan tarqalgan quyuq tutun sababli nafas yo‘llari kasalliklari ko‘paymoqda.

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

Belgilangan vaqtda ketma-ket ikki marta kelmagan tashuvchilarning depoziti davlat budjetiga o‘tkaziladi.

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti xalqaro huquqning ahamiyati pasayishi va BMT obro‘si bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Pentagonning hisob-kitobiga ko‘ra, mablag‘ning 60 foizdan ortig‘i o‘q-dorilarga sarflangan.

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Yangi talab mamlakat fuqarolari va Tojikistonga ishlash uchun keladigan xorijliklarga ham tegishli.