Jahon

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi ehtimoliy harbiy mojaro sharoitida neftni qayta ishlash zavodlari faoliyatini ta’minlash va yoqilg‘i taqchilligining oldini olish uchun harbiy zaxiralardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yevropa komissiyasining mudofaa va kosmos masalalari bo‘yicha komissari Andrius Kubilyus ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan biriga hujum qilingan taqdirda, yoqilg‘ining katta zaxiralariga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Harbiy zaxiralarning aniq hajmi esa oshkor etilmaydi.

 

Kubilyusning ta’kidlashicha, neftni qayta ishlash zavodlarini qo‘llab-quvvatlash yoqilg‘i narxlarini barqarorlashtirish, Yevropa xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiyot faoliyatining uzluksiz davom etishida muhim ahamiyatga ega.

 

Yevrokomissar ushbu masalani Shimoliy Atlantika kengashi hamda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

 

Kubilyusning bildirishicha, tinchlik davrida harbiy ehtiyojlar uchun yoqilg‘i iste’moli umumiy hajmning taxminan 8 foizini tashkil etadi. Harbiy inqiroz yuzaga kelganida esa bu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshishi mumkin. Shu bois Yevropa Ittifoqi tinchlik davrida aviatsiya yoqilg‘isi yetarli bo‘lishini ta’minlash bilan birga, harbiy inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez sur’atlarda oshirish va yetarli zaxiralarni shakllantirish imkonini beruvchi tizimni yaratishni ko‘zlamoqda.

 

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Indoneziyada o‘rmon yong‘inlaridan tarqalgan quyuq tutun sababli nafas yo‘llari kasalliklari ko‘paymoqda.

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.