AQSH Xitoyga qarshi bloklar tuzmaydi — Jozef Bayden
AQSH yetakchisi bu haqda Si Szinpin bilan virtual uchrashuv paytida maʼlum qilgan.

AQSH prezidenti Jozef Bayden XXR raisi Si Szinpin bilan videoaloqa muloqoti chog‘ida Xitoyga qarshi blok tuzmaslikka vaʼda berdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
“AQSH hukumati uzoq istiqbolda “Yagona Xitoy”” siyosatiga tayanadi va ‘Tayvan mustaqilligi‘ni qo‘llab-quvvatlamaydi. Shuningdek, Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlik saqlanib qolishiga umid bildiradi”, – deb Baydenning so‘zini keltirib o‘tgan telekanal.
Shuningdek, AQSH yetakchisi Xitoy tuzilishini o‘zgartirmaslikka va Pekinga qarshi bloklar tuzmaslikka vaʼda bergan. Bayden XXR bilan nizoga kirishish niyati yo‘qligini maʼlum qilgan.
Avvalroq Xitoy AQSHni Tayvan masalasida ogohlantirgani hamda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Salivvan Xitoy bilan munosabatlarga to‘xtalib o‘tgani haqida xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev







