O'zbekiston

"Markaziy Osiyo va global dunyo yoshlar nigohida" konferensiyasi ish boshladi

Unda O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlari ishtirok etmoqda.

"Markaziy Osiyo va global dunyo yoshlar nigohida" konferensiyasi ish boshladi

 

Bugun, 16-noyabr kuni Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida Taraqqiyot strategiyasi markazi va Fridrix Ebert fondi hamkorligida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo va global dunyo yoshlar nigohida" mavzusida konferensiya ochildi. Unda Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va Germaniya Federativ Respublikasining Uzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Doktor Tino Klinner ishtirok etdi.

 

Doktor Tino Klinner Markaziy Osiyoning o‘ziga xos geografik joylashuviga to‘xtalib o‘tdi. Eng avvalo Mintaqaning Yevroosiyo markazida joylashganligiga va katta tranzit salohiyatiga egaligi aytildi. Klinner Temuriylar hukmronligi davrida Markaziy Osiyo dunyodagi yirik madaniy markazlardan biri bo‘lganligi alohida taʼkidlandi.

 

Shu bilan birga hozirda mintaqa katta potensialga egaligi va undan to‘g‘ri foydalanish zarurligi qayd etildi. Buning uchun esa davlatlar o‘rtasida integratsion jarayonlarni chuqurlashtirish kerak.

 

Eldor Tulyakov so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mintaqada integratsion jarayonlar ketayotganini va ko‘plab masalalar birgalikda hal etilayotganiga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi nafaqat mamlakat va mintaqada, balki butun dunyoda yoshlar masalasini ko‘tarayotgani taʼkidlandi.

 

“Аyniqsa, aholisining 60 foizidan ortig‘ini yoshlar tashkil etadigan yoshlar masalasi nihoyatda dolzarb”, – dedi Tulyakov.

 

Avvalroq Yoshlar va xotin-qizlarga tadbirkorlikni boshlash uchun taʼminotsiz kredit ajratilishi haqida xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

Jabrlanuvchi voyaga yetmaganligi sababli sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Doniyor Soliyev vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi boshqarmaga rahbar bo‘ldi.

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Bojxona qo‘mitasi telefonlar 30 kungacha olib qo‘yilishi va tezkor rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Samarqanddagi maktabda ota-onalardan pul yig‘ilgani haqidagi xabar yuzasidan ishchi guruh tuzildi.