Jahon

Afg‘onistonning xalqaro zaxiralari muzlatib qo‘yilishi Doha kelishuviga zid bo‘lgan — "Tolibon"

Toliblar AQSH Kongressiga ochiq xat yozdi.

Afg‘onistonning xalqaro zaxiralari muzlatib qo‘yilishi Doha kelishuviga zid bo‘lgan — "Tolibon"

 

“Tolibon” AQSH kongressiga ochiq xat yozdi. Maktubni mamlakat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abdulqodir Balxiy o‘qib eshittirgan.

 

Unda Doha kelishuvlariga amal qilishga chaqirilgan. Toliblar unga amal qilish AQSH manfaatlariga ham javob berishini qayd qilgan. Shuningdek, harakat Kobulga shahar aholisi iltimosi bilan kirgani, sababi Ashraf G‘ani qochib ketgandan keyin hokimiyat vaakumi paydo bo‘lganligi maʼlum qilingan.

 

“Tolibon” o‘zini suveren va masʼuliyatli hukumat sifatida baholagan, ular korrupsiya va qonun buzilishiga qarshi kurashayotganligi taʼkidlangan.

 

Shu bilan birga ular AQSHni iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgan.

 

“Afg‘oniston xalqaro aktivlarining muzlatib qo‘yilishi kutilmagan va Doha kelishuvlariga zid hodisa bo‘ldi. Bu Afg‘onistonda mavjud barcha muammolar asosiy sababchisi va AQSH obro‘siga jiddiy putur yetkazadi.

AQSH o‘z sanksiyalarini bekor qilmasa, qishda juda katta gumanitar halokat va migratsiya sodir bo‘ladi, bu esa barcha uchun yangi muammolarni vujudga keltiradi”, – deyiladi maktubda.

 

Avvalroq Afg‘onistonda 2021 yilda giyohvand moddalar ishlab chiqarish ko‘paygani maʼlum qilingandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

Janubiy Koreyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi qidiruvga berildi

Mamlakatda xorijda jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 110 nafar chet el fuqarosi yashirinib yurgani aniqlangan.

custom img

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

custom img

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi

Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda

Bunga Yerning aylanish tezligi o‘zgarayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"