Buxoroda “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkaziladi
Festivalda 30 yoshgacha bo‘lgan yakka ijrochilar va ijodiy jamoalar qatnashishi mumkin.

Festivalda 30 yoshgacha bo‘lgan yakka ijrochilar hamda ijodiy jamoalar (xonanda va sozandalar soni 15 nafardan oshmagan holda) tomonidan 2 ta shart (cholg‘u va ashula yo‘nalishlari) bo‘yicha bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba may oyida Buxoro shahrida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivalini tashkil etiladi.
Festival g‘oliblari 1, 2 va 3-darajali diplomlari, qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, homiylar va tegishli tashkilotlarning faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Maʼlumot uchun: festival Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbek milliy maqom sanʼati markazi tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Turk dunyosi iqtidorli bolalari festivali bo‘lib o‘tishi hamda o‘zbek multfilmi xalqaro festivalda ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.







