O'zbekiston

Tadbirkorning 1 milliard so‘mini qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tadbirkorning 1 milliard so‘mini qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi

 

Maʼlum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

 

Tekshiruv davomida, fuqaro O.U. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsad qilib, “S-D.” MCHJ rahbari A.ning  ishonchiga kiradi.

 

Uning hisobida 2 milliard so‘m bo‘lgan plastik kartasini olib, pul mablag‘ini naqdlashtirib oladi.

 

Shundan so‘ng  A.ga 1 milliard so‘mini qaytarib, qolgan mablag‘ini  aldov yo‘li bilan qaytarmasdan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

 

Hozirda holat bo‘yicha tergov-surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Andijonda virtual firibgar qo‘lga olingani hamda Toshkentda bankomatni buzib, ichidan 165 million so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"