O'zbekiston

Qirg‘iziston ulamolari Buxoroda bo‘lishdi

Tashrif so‘ngida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yana-da rivojlanishi va mustahkamlanishi uchun xayrli duolar qilindi.

Qirg‘iziston ulamolari Buxoroda bo‘lishdi

 

 

Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Zamir Rakiyev boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga keldi. 

 

Mehmonlar, bugun erta tongdan Buxoro shahrida joylashgan tarixiy obidalardan Masjidi Kalon jomeʼ masjidi, Poyi kalon ansambili va Mir Arab oliy madrasasi, Mir Arab o‘rta-maxsus islom bilim yurti, Ko‘kaldosh madrasasi hamda Labi Hovuz majmuasi, Nodir Devonbegi taxiriy obidalari bilan yaqindan tanishishdi.

 

 

Ulamolar Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilib, o‘tganlar haqqiga Qurʼon tilovat va Alloh taolodan xalqimizning tinchligi va farovonligini tilab duolar qilishdi.

 

Buxoro temiryo‘l vokzalida martabali mehmonlarni Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Erkin Majidov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobirjon Elov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Haydar Yuldoshxo‘jayev hamda Mir Arab o‘rta-maxsus islom bilim yurti mudiri Jaloliddin Saburov kutib oldi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodagi yetti pir ziyoratgohi islom olami ro‘yxatidan joy olgani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.