O'zbekiston

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

 

O‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish, havo sifatini yaxshilash hamda ifloslanish manbalarini aniqlash bo‘yicha nazorat va profilaktika tadbirlari olib borilmoqda. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan qonunbuzilishlar va mutaxassislar tavsiyalariga oid qator ma’lumotlarni e’lon qildi.

 

Jumladan, Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi “Porloq” mahallasi aholisi sovun ishlab chiqarish sexidan tarqalayotgan yoqimsiz hid yuzasidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga murojaat qilgan. O‘rganishlar natijasida chang-gaz tozalash filtrlari bilan jihozlanmagan korxona faoliyati to‘xtatilgan.

 

Shuningdek, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi — Ekopolitsiya xodimlari Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tkazgan reyd tadbirlari davomida filtri nosoz issiqxona faoliyatini ham to‘xtatgan. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida esa korxonalarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida oqova suvlarni tozalamasdan ochiq joyga tashlash holati aniqlangan.

 

Ayni paytda kuz-qish mavsumida havo sifati yomonlashishining sabablari ham xalqaro mutaxassislar ishtirokida o‘rganilmoqda. Finlyandiya meteorologiya instituti Havo sifati va energetika masalalari bo‘yicha guruhi rahbari Katya Loven ushbu mavsumda atmosfera havosi sifatiga ta’sir qiluvchi ikki asosiy omil haqida ma’lumot bergan.

 

Kioto universiteti dotsenti, doktor Timur Xojanazarov esa global iqlim o‘zgarishining havo ifloslanishiga ta’siri, xususan, kuz-qish mavsumida Markaziy Osiyo va Toshkent shahrida kuzatiladigan ifloslanish sabablariga to‘xtalgan. Avstraliyaning Jeyms Kuk universiteti professori, doktor Ben Jarihani ham iqlim o‘zgarishi va meteorologik sharoitlarning Markaziy Osiyoda havo sifatiga ta’sirini izohlagan.

 

Havo tarkibini ilmiy jihatdan o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi termal-optik uglerod analizatori ham ishga tushirildi. Zamonaviy uskuna atmosfera havosidagi zarrachalar tarkibida mavjud organik va elementar uglerod miqdorini aniqlashga yordam beradi.

 

Bundan tashqari, kuz mavsumida quruq barg-xazon, shox-shabba va boshqa o‘simlik qoldiqlarini yoqishning oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar bunday chiqindilarni yoqish natijasida hatto qisqa vaqt ichida ham atmosfera havosiga inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfli moddalar ajralib chiqishini ta’kidlamoqda. Mazkur holatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan ham tushuntirish ishlari tashkil etilgan.

 

Shu bilan birga, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ishtirokida atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifatini yaxshilash hamda “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

Qayd etish joizki, havo sifatini yaxshilash faqat nazorat tadbirlari bilan cheklanmaydi. Bu jarayonda ifloslanish manbalarini bartaraf etish, ekologik talablarga rioya etilishini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va aholining ekologik madaniyatini oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.

Narkodo‘konning “zakladchik” va omborchisi ushlandi: ular jaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgan

Narkodo‘konning “zakladchik” va omborchisi ushlandi: ular jaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgan

Tezkor tadbirda qariyb 6 kilogramm giyohvandlik vositasi va ularni tayyorlash jihozlari olib qo‘yildi.

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

Ma’lum bo‘lishicha, bog‘cha avariya holatida, maktabda esa sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan.

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenida ishlovchi farroshlarning oylik maoshlari kechiktirilayotgani yoki umuman berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Viloyatda jamoat transportini rivojlantirish, aeroport va vokzallar atrofidagi xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi turar joy massivlarini qurish topshirildi.

“Bundan buyon ‘kambag‘al oila qolmadi’ degan hisobot o‘tmaydi” — Prezident

“Bundan buyon ‘kambag‘al oila qolmadi’ degan hisobot o‘tmaydi” — Prezident

Xorijda kam maoshga ishlayotgan buxoroliklar kasbga o‘qitilib, yuqori daromadli ishga joylashtiriladi.