O'zbekiston

Aholi ish va elektr energiyasi bilan ta’minlanadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Aholi ish va elektr energiyasi bilan ta’minlanadi

 

Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish va sohani rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, sohada kelgusida amalga oshiriladigan ishlar ko‘rib chiqildi.

 

"Glazgoda o‘tkazilgan Iqlim bo‘yicha xalqaro sammitda O‘zbekiston 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulotga nisbatan issiqxona gazlari ulushini 35 foizga kamaytirishni tashabbus qildi. 

O‘tgan uch yilda qayta tiklanuvchi energiya uchun huquqiy baza shakllantirilib, qulay shart-sharoitlar yaratildi. 

Natijada,  3 milliard dollar miqdorida xorijiy investisiyalar hisobiga 2,9 ming megavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish ishlari boshlandi" - dedi davlatimiz rahbari.

 

Shuningdek, Prezident tadbir davomida muqobil energetikani rivojlantirishdagi vazifalarni aniq belgilab berdi.

 

Unga ko‘ra: 

 

- shamol va  quyosh elektr stansiyalari quvvatini 2026 yilga qadar 8 ming megavattga yetkazish;

 

- yirik sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi o‘z energiya manbalarini tashkil etishiga sharoit yaratish, aholi va tadbirkorlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishini qo‘llab quvvatlash;

 

- 8 ming megavattli elektr stansiyalarini qurishda ishlatiladigan 6 milliardlik xom-ashyo materiallarini mahalliylashtirish choralarini ko‘rish;

 

- qurilishlar natijasida 1 ming nafar muhandis, qariyb 3 ming nafar o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga yaratiladigan ish o‘rinlari uchun munosib nomzodlarni yetkazib berish maqsadida  yil yakuniga qadar Navoiyda qayta tiklanuvchi energiya sohasida kadrlar tayyorlash markazini ishga tushirish, Navoiy va Sirdaryodagi o‘quv markazlarida xalqaro standartlar asosida yiliga 200 nafar malakali mutaxassis tayyorlash yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.