Sport

“Borussiya” Holandning maoshini oshirmoqchi

Dortmundning “Borussiya” klubi Erling Holandni jamoada olib qolish uchun jiddiy mablag‘ sarflashga tayyor.

“Borussiya” Holandning maoshini oshirmoqchi

 

“Sky Sport Germany” xabariga ko‘ra, klub rahbariyati norvegiyalik futbolchi shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lsa, uning maoshini 8-9 million yevrodan 16-18 million yevroga oshirishga rozi. Shuningdek, “Borussiya” tovon pulini 2022-yilda emas, yangi kelishuvga ko‘ra 2023-yilda kuchga kirishini istamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Holandga Yevropaning bir qator klublari, jumladan, “Real” va “PSJ” jamoalari qiziqish bildirmoqda.

 

Hozirda hujumchi jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda. U 2021-yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi.

 

Holand “Borussiya” tarkibida o‘tgan mavsum 49 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol urishga erishdi. Joriy mavsumda esa futbolchi barcha turnirlarda 10 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi.

 

Avvalroq “Bavariya” Levandovski o‘rniga Holandni sotib olmoqchiligi va “PSJ” futbolchiga yiliga 40 million yevro maosh taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"