Rossiya ish beruvchilari Toshkent va Andijonda tanlov o‘tkazmoqda
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va tibbiy ko‘rik natijalari ijobiy chiqqan fuqarolar jo‘natiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar qilishicha, Toshkent va Andijon shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o'tkazilmoqda.
Tanlovda Rossiya Federatsiyasining ish beruvchi kompaniyalari qurilish sohasining armaturachi, g‘isht teruvchi, betonchi, yordamchi ishchi, chilangar, elektrgaz payvandchi, bo‘yoqchi-suvoqchi kabi yo‘nalishlar o‘rin olgan.
Qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan. Bunda nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olinadi.
Eslatib o‘tamiz, mehnat migrantlarining Rossiyaga kirishi soddalashtirilgandi.
Avvalroq mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanishi, COVID-19‘ga qarshi emlangan mehnat migrantlarini Rossiyaga yuborish pilot loyihasi boshlangani, 72 nafar yurtdoshimiz Rossiyada qishloq xo‘jaligi ishlariga joylashtirilgani, Rossiyada migrantlarga maxsus chipli plastik kartalar tarqatilishi hamda Rossiyada migratsiya to‘g‘risida yagona hujjat joriy etilishi haqida xabar berilgandi.







