Jahon

Amerika zaxirasidagi neftni sotadi

Maqsad jahon bozorida yoqilg'i narxini passytirish ekanligi ma’lum qilindi.

Amerika zaxirasidagi neftni sotadi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari milliy strategik zaxiradagi 50 million barrel neftni sotadi. Bu haqda prezident Jo Bayden ma'lum qildi. 


Ushbu chora jahon bozorida neft taklifini ko'paytirish va shu tariqa yoqilg'i narxini pasaytirishga qaratilgan.


"Bugun men  ta'minotni ta'minlash va talabning nomuvofiqligini bartaraf etish uchun AQShning strategik neft zaxirasining katta qismi bozorga chiqarilishini e’lon qilaman", – deydi  Jo Bayden

 

Hozir AQSh zahiralarida  olti yuz besh million barrel neft mavjud. Baydenning rejasiga ko'ra, Oq uy  o'n sakkiz million barrelini bozorga chiqarishni tezlashtiradi va keyingi yilning yanvar-aprel oylari orasida yana 32 million barrel sotadi. 2024 yilgacha zaxiralarni  qayta tiklash rejalashtirilgan. Shuningdek, bir qator boshqa davlatlar, jumladan Hindiston, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi va Yaponiya ham neft zaxiralarining bir qismini sotadi. Mutaxassislarning fikricha, OPEK+ mamlakatlari bunga javoban ishlab chiqarishni qayta tiklash hajmini kamaytirishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, avvalroq dunyoning yirik neft kompaniyalari 6 oyda 825 milliard dollar ishlab olgani xabar  bergan edik.
Shuningdek, qish mavsumida Yevropada gaz tanqisligi yuz berishi mumkinligi haqida ma’lum qilingandi.

 

Nasiba To'xtayeva

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"