O'zbekiston

O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar maʼlum bo‘ldi

Statistika joriy yil yanvardan qancha aholi internet tarmog‘iga ulanganini ham ochiqladi.

O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar maʼlum bo‘ldi

 

Qayd etilishicha, 2021- yilning oktabr oyida O‘zbekiston xorijdan qiymati 20,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 303 303 dona mobil telefon import qilgan.  

 

Raqamlar taqqoslanganda oktyabr oyida import qilingan mobil telefonlar soni sentabr oyiga nisbatan 5 460 taga ortgan. Shuningdek, 2020-yilda 345 431 dona uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.

 

Bundan tashqari, O‘zbekistonda 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni qariyb 20 mlnni tashkil qilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston 14 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

🔹Xitoy – 79,5 mln

🔹Vyetnam – 60 mln

🔹Hindiston – 7,2 mln

🔹Qozog‘iston – 5,3 mln

🔹BAA – 1,4 mln

🔹Germaniya – 647 ming

🔹Rossiya – 175,8 ming AQSH dollari

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Italiyadan qahva importi hajmini oshirgani hamda 2021 yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 85 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,7 mln tonna sement import qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.