Jahon

Mutaxassislar "Omicron" shtammining dastlabki alomatlarini maʼlum qildi

Kuchli charchoq kasallanishning asosiy belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar "Omicron" shtammining dastlabki  alomatlarini maʼlum qildi

 

"Omicron" shtammi bilan birinchi bo‘lib duch kelgan Janubiy Afrika shifokorlarining fikriga ko‘ra, koronavirusning asosiy belgilaridan biri kuchli charchoq hisi hisoblanadi. Bu o‘ziga xos bo‘lmagan alomat o‘z-o‘zidan boshqa turli kasalliklarni paydo qilishi mumkin", — deydi Moskva davlat universiteti endokrinologi Zuhra Pavlova. 

 

Uning qo'shimcha qilishicha, bemor o‘zining ahvoli qanchalik og‘ir ekanini tushuna olmaydi. Afsuski, bu alomatni oddiy charchoqdan mustaqil ravishda ajratib bo‘lmaydi. Infeksiya yuqtirilganda paydo bo‘ladigan charchoq hissi immunitet tizimidagi, miya ishida yoki asab tizimining to‘qimalarida jiddiy o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Koronavirus infeksiyasi ko‘plab tana tizimlari ishida jiddiy buzilishlarga olib keladi.

 

Qonning xususiyatlari o‘zgaradi, bu ko‘plab organlarning qon taʼminotini buzadi. Shuning uchun inson o‘zini jismonan zaif his qiladi. Bularning barchasi mushaklarning zaiflashuvi bilan birga kechadi.

 

Shuningdek, Endokrinolog kuchli charchoq kabi alomat paydo bo‘lganda, COVID-19 uchun PZR testidan o‘tishga chaqirgan.

 

Avvalroq, dunyoni tashvishga solayotgan “Omicron” shtammining ilk tasviri paydo bo‘lgani  hamda Yaponiya “Omicron” shtammi tufayli xorijliklar uchun yopilgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"