Jamiyat

Mahalliy ovchilar Qizil kitobga kiritilgan jayronni otib o‘ldirdi

Bu — noyabr oyidagi noqonuniy jayron ovlash bilan bog‘liq aniqlangan ikkinchi holat.

Mahalliy ovchilar Qizil kitobga kiritilgan jayronni otib o‘ldirdi

 

Qoraqalpog‘istonda "Qizil kitob"ga kiritilgan jayronni ovlagan brakonyerlar ushlandi. Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

 

Unda aytilishicha, hudud Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Taxtako‘pir hamda Qorao‘zak tuman inspeksiyalari tomonidan ekologik tezkor reyd tadbirlari olib borilgan.

 

Mazkur reyd tadbirlari davomida Qorao‘zak tumani “Qorao‘zak” OFYda yashovchi fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan 1 dona jayronni ovlagani aniqlangan. Shuningdek, brakonyerlar o‘ljalari qatorida tegishli ruxsatsiz ovlangan 10 dona quyon ham topilgan.

 

“Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, - deb yozadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati.

 

Avvalroq ovchilar qo‘ygan tuzoqqa tushib ketgan filcha barcha saʼy-harakatlarga qaramay, halok bo‘lgani hamda Buxoroda qizil kitobga kiritilgan cho‘l bo‘ktargisi(степной лун) qushini sotmoqchi bo‘lganlar ushlangani haqida xabar berilgandi. 

 

Olamgir Abdiyev

Mahalliy ovchilar Qizil kitobga kiritilgan jayronni otib o‘ldirdi | Zamon.uz