Marhum Bosh prokuratura xodimining oilasiga konpensatsiya ajratilishi mumkin
Toshkent shahar sudlov hayʼatining ajrimi bilan ish yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.

Maʼlumki, O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 33 yoshli xodimi Samir Rahmonov vafot etganligi maʼlum qilingandi. Marhumning otasi deputatga murojaat qilib, marhum xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etganligi, 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to‘lab berilmayotganinini haqida xabar berilgandi.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi marhum Bosh prokuratura xodimining vafoti munosabati bilan tovon puli va maʼnaviy zarar undirish bo‘yicha Bosh prokuraturani sudga bergan A.Raxmonovning daʼvosini rad qilgandi.
Hozirda mazkur Sud Mirobod tumanlararo sudining ushbu qarorini bekor qildi.
Asosiy sabab ishni ko‘rish chog‘ida qonunchilik buzilganligi, ishni puxta o‘rganmaganligi sababli “RSTEIAM” Toshkent shahar filiali Morfologiya bo‘limi Sergeli punktining davlat sud tibbiy ekspertizasining boshlig‘i hamda Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining boshlig‘iga nisbatan xususiy ajrim chiqarilgan.
Apellyatsiya shikoyati kiritilgach, 2021 yil 12 noyabr kuni Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatida ko‘rish boshlangan.
Ishni ko‘rish jarayonida bir qator tashkilotlar IIV Tibbiyot boshqarmasi, Bosh prokuraturadan 6 nafar xodim va o‘sha kuni bo‘limda ish o‘rganishda bo‘lgan Harbiy prokuratura apparati xodimi, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi TXKMRMKTK, Shayxontohur tuman prokuraturasi, Mirobod tumani prokuraturasi, RSTEIAM Toshkent shahar filiali Morfologiya bo‘limi Sergeli punktining davlat sud tibbiy ekspertizasidan va shu kabi vakillarning ko‘rsatmalari eshitilib, yozma maʼlumotlar va tegishli hujjatlar olingan.
Shu bilan birga, A. Raxmonovning o‘zi boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa olish huquqiga ega shaxslar doirasiga kirmasligi sababli, 2021 yil 6 dekabr kuni sudlov hayʼatining ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Taxiatosh IIBga olib ketilgan fuqaroning o‘limi yuzasidan maʼlumot berilgani https://zamon.uz/uz-to/detail/taxiatosh-iibga-olib-ketilgan-fuqaroning-olimi-yuzasidan-malumot-berildi-jamiyat haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







