Jamiyat

Samarqanddagi xonadonlarning birida yong‘in yuz berdi

6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib bordi.

Samarqanddagi xonadonlarning birida yong‘in yuz berdi

 

Bugun soat 07:30da Samarqand viloyati Samarqand tumani “Qoziqo‘rg‘on” MFYda joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan. Bu haqda Favquloqodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

 

 “Qoziqo‘rg‘on” MFY ga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib va soat 08:58da bartaraf etilgan.

 

Yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 3 ta uyning jami 170 kv.m. maydonida tom, shift va uy jihozlari yonib zararlangan.

 

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Namanganda so‘nggi ikki kunda 4 ta yong‘in bo‘lib, 6 ta xonadon zararlangandi.

 

avvalroq Yangihayot tumanidagi yong‘in oqibatida bir fuqaro vafot etgani, Yunusoboddagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkentda bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in yuz bergani hamda Namanganda gaz quyish shoxobchasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Shahnoza Xalikova

Samarqanddagi xonadonlarning birida yong‘in yuz berdi | Zamon.uz