0

15 yoshli qiz o‘g‘irlikka qo‘l urdi

Qiz qo‘shnisinikiga devor oshib kirib, tilla buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

15 yoshli qiz  o‘g‘irlikka qo‘l urdi

 

Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, yashash xonadonida xech kim yo‘qligida nomaʼlum shaxs, hovlisiga kirib, mehmonxonada bo‘lgan umumiy narxi 12 million so'mlik bir dona bilak uzuk, ikki dona tilla uzuk, bir juft baldoqlarini o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi sodir etganligi aniqlangan.

 

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021-yil 1-dekabr kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq, Namanganlik 13 yoshli bola buvisining sandig‘iga o‘g‘irlikka tushgani hamda 18 yoshli fuqaro ikkita mashinani tunab ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

15 yoshli qiz o‘g‘irlikka qo‘l urdi