Jahon chempionatida hamyurtlarimizning ishtiroki boshlandi
Poytaxtimizda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida yurtdoshlarimiz ham bahslarga kirishdi.

Dastlab ayollar o‘rtasida -49 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz supaga chiqdi.
“A” guruhida ancha kuchli raqibalariga qarshi bahs olib borgan Zuhra Otajonova uchun musobaqa chinakam tajriba maydoni bo‘ldi. Yosh sportchimiz dast ko‘tarish mashqida 66 kg, siltab ko‘tarish mashqida 84 kg, ikki kurash bo‘yicha 150 kg natija qayd etdi (10-o‘rin).
Oltin medal 191 kg tosh ko‘targan tainlandlik Surodchana Kambaoga nasib etdi. Kumush va bronza medallarini yaponiyalik atletlar qo‘lga kiritishdi.
Kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan -49 kg vazn toifasidagi ayollar:
1. Surodchana Kambao (Tailand) - 191 (86+105) kg;
2. Suzuki Rira (Yaponiya) - 179 (78+101) kg;
3. Takaxashi Ibuki (Yaponiya) - 172 (71+101) kg;
10. Zuhra Otajonova (O‘zbekiston) - 150 (66+84) kg.
Avvalroq og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga start berilgani va ushbu chempionatda qatnashadigan o‘zbekistonlik atletikachilar ro‘yxati maʼlum qilingan edi.
Jamshidbek Amirov








