Jahon

Koronavirusning "Omicron" shtammi Turkiyaga ham yetib bordi

Olti kishida ushbu yangi variant aniqlangan.

Koronavirusning "Omicron" shtammi Turkiyaga ham yetib bordi

 

Olti nafar Turkiya fuqarosi koronavirusning «Omicron» variantini yuqtirgani tasdiqlandi. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar bermoqda.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kasallanganlar besh nafari Izmir shahrida, yana biri Istanbulda. Yangi shtammni yuqtirganlarning ahvoli og‘ir bo‘lmagani uchun kasalxonaga yotqizilgan.

 

Bemorlar yaqinda chet elga sayohat qilganmi, ular Covid-19 ga qarshi emlanganmi yoki yo‘qmi, maʼlum qilinmagan.

 

Avvalroq ushbu shtamm tufayli dunyo bozorida olmos narxi 10 foizga oshgani maʼlum qilingandi.

 

Shuningdek, Yaponiya bosh vaziri «Omicron» sabab AQSHga safarini bekor qilgan.

 

Nasiba To'xtayeva

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"