O'zbekiston

“Baxshichilik sanʼati” Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kirdi

Nominatsion paket Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2020 yilda Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita (NMMMHQ) siga taqdim etilgandi.

“Baxshichilik sanʼati” Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kirdi

 

Ikki yil davomida UNESCO‘ ishlari bo‘yicha Milliy komissiya va O‘zbekistonning Parijdagi doimiy delegatsiyasi masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur elementni targ‘ib qilish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

 

“Baxshichilik sanʼati” nominatsiyasining taqdimoti bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekistonning UNESCO‘ ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan o‘tkazildi.

 

Tadbir ishtirokchilariga ushbu sanʼat turini asrab-avaylash hamda milliy va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Bunda Prezidentimiz rahbarligi ostida so‘nggi yillarda “Baxshichilik sanʼati” ni qayta tiklash, jumladan, O‘zbekistonda har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Baxshichilik sanʼati” xalqaro festivalini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan aniq chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

 

2019-yil aprel oyida Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon sivilizatsiyasida Baxshichilik sanʼatining tutgan o‘rni” mavzusidagi anjumanning muhim xulosalari, baxshichilikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlar, shuningdek, ushbu sanʼat turini kelajak avlodga munosib yetkazish maqsadida ixtisoslashtirilgan kollej va oliy o‘quv yurtlarida yosh baxshilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlari ham muhokama markazida bo‘ldi.

 

Tadbirda O‘zbekiston hududida baxshichilikning rivojlanish tarixini aks ettiruvchi maxsus videorolik namoyish etildi. NMMMHQ ushbu elementni Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritishni akklamatsiya (keng konsensus) yo‘li bilan hech qanday debatlar va ovozga qo‘yishlarsiz maʼqulladi.

 

Baholash komissiyasi vakillarining fikricha, Baxshichilik sanʼati noyob tarixiy-madaniy meros bo‘lib, nominatsiyalar to‘plami ushbu milliy elementni Nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun barcha mezonlarga javob beradi. Qabul qilingan qaror UNESCO‘ ko‘magida Baxshichilik sanʼatini asrab-avaylash, ko‘paytirish va targ‘ib qilish chora-tadbirlarini milliy va xalqaro miqyosda yana-da kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

“Baxshichilik sanʼati” O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Reprezentativ ro‘yxatga kiritilgan nomoddiy madaniy merosning oltinchi elementi bo‘ldi.

 

Kelgusi yillarda “O‘zbekiston kulolchilik maktabi” milliy elementlari, shuningdek, boshqa davlatlar bilan “Hunarmandchilikning anʼanaviy uslubi” va “Rubob chalish”, “Markaziy Osiyoda anʼanaviy kashtachilik uslubi”, “Xo‘ja Nasriddin qissalarini aytish anʼanasi” kabi ko‘p millatli nominatsiyalarni NMMMHQ muhokamasiga kiritish rejalashtirilgan.

 

UNESCO‘ning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi XVI sessiyasi 13-18-dekabr kunlari Tashkilotning Parijdagi shtab-kvartirasida virtual rejimda o‘tkazilmoqda.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"