Jahon

Liviya bosh vazirining Tripolidagi qarorgohi bosib olindi

Poytaxtda sodir bo‘layotgan voqealar ortida Misrata shahri politsiyasi turgan bo‘lishi mumkin.

Liviya bosh vazirining Tripolidagi qarorgohi bosib olindi

 

Liviyada faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlardan biri 15-dekabrdan 16-dekabrga o‘tar kechasi Tripoli bosh vazir Abdel Hamid Dbeybaning qarorgohini to'sib qo'ydi.

 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtda sodir bo‘layotgan voqealar ortida Misurata (poytaxtdan 200 km sharqda) politsiyasi turgan bo‘lishi mumkin.

 

Ushbu politsiya bo‘limiga Bosh milliy kongress (sobiq muvaqqat parlament) sobiq deputati Saloh Badi qo‘mondonlik qilmoqda.

 

U allaqachon mamlakatda “hech qanday prezidentlik saylovlari o‘tkazilmasligini” eʼlon qilgan (24 dekabrga rejalashtirilgan) va Tripolidagi barcha hukumat idoralarini yopishga qatiiy kirishgan.

 

Xabarga ko‘ra, prezidentlik kengashi rahbari Muhammad al-Menfi va boshqa kengash aʼzolari xavfsiz joyga yetkazilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: poytaxtning katta qismida elektr taʼminoti uzilib qolgan. G‘arbiy mintaqaning barcha qurolli tuzilmalari, asosan Tripoli atrofida shay holatga keltirilgani haqida xabarlar mavjud. Shuningdek, Tripoli chekkasida harbiy texnikaga ega turli guruhlarning jangari to‘dalari ham  yig‘ilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livanda Akkar tumani Tlayl shahridagi yoqilg‘i rezervuarining portlashi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni eʼlon qilingani hamda  Bayrut porti portlashi bo‘yicha tergov ishi to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

Janubiy Koreyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi qidiruvga berildi

Mamlakatda xorijda jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 110 nafar chet el fuqarosi yashirinib yurgani aniqlangan.

custom img

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

custom img

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi

Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda

Bunga Yerning aylanish tezligi o‘zgarayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"