Jahon

Vertolyot shossega qulab tushdi

Voqea oqibatida uchuvchi halok bo‘ldi.

Vertolyot shossega qulab tushdi

 

AQSHning Luiziana shtatida vertolyot gavjum shossega qulab tushdi. Hodisa oqibatida uchuvchi halok bo‘ldi, deb xabar beradi mahalliy Wlox portali. 

 

Baxtli tasodif tufayligina harakatlanib ketayotgan boshqa avtomobillarga zarar yetmagan. Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, vertolyot Bonnet-Karre-Spilway ko‘prigida qulagan.

 

Taxminlarga ko‘ra, gap bortida faqat uchuvchi bo‘lgan Bell 407 vertolyoti haqida ketmoqda.

 

Voqea AQSH Federal Aviatsiya boshqarmasi va Milliy Transport xavfsizligi kengashi tomonidan tekshirilmoqda.

 

Magistral yo‘lda harakat qisman to‘sib qo‘yilgan. Shuningdek, qayd etilishicha, avariyada elektr liniyalariga shikast yetgan, bu esa yaqin atrofdagi aholi punktlaridagi 20 mingga yaqin odamni elektr energiyasidan mahrum qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Kamchatkada vertolyotning qulashi oqibatida 16 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi. Shuningdek, Xabarovsk o‘lkasida ham samolyotning halokatga uchrashi natijasida barcha ekipaj aʼzolari vafot etgan edi.

 

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"