Lifestyle

Tom Xolland muvaffaqiyatsiz filmlar “qiroli”

“The Wrap” nashri 2021-yilning eng muvaffaqiyatsiz filmlari ro‘yxatini eʼlon qildi.

Tom Xolland muvaffaqiyatsiz filmlar “qiroli”

 

Ro‘yxatdagi yetakchi o‘rinlarni Tom Xolland ishtirokidagi   “Xaos qadami” va “Cherry” filmlari egallagan. 

 

Jumladan, “Aziz Evan Xansen”,  “Yuqoriga qaramang”,  “Hozir va bugun”, “Killer rafiqasining tansoqchisi”, “Qizil xabar”,  “Karen”,  “Arvohlar mamlakati asirlari”, “Kosmik murabbo: Yangi avlod” kinotasmalari ham eng muvaffaqiyatsiz filmlar ro‘yxatidan joy olgan.

 

“Xaos qadami” va  “Cherry” filmlari boshqa nashrlar tomonidan ham yilning eng yomon filmlari sifatida tilga olingan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021 yilning eng yaxshi filmi eʼlon qilingani  hamda Garri Potter kinokartinasi  20 yillik yubileyini maxsus epizod bilan nishonlashi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Tom Xolland muvaffaqiyatsiz filmlar “qiroli”