G‘isht ishlab chiqarish sexiga tegishli ehtiyot qismlar o‘g‘irlab ketildi
Arizachining murojaatiga ko‘ra, o'g‘irlikni shu hududda yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etgan.

Joriy yilning 9 dekabrida Namangan tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan viloyati IIBga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada yozilishicha, shu kuni soat, taxminan, 22:00 larda tumanda joylashgan MCHJlardan biriga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sex maydonidan umumiy narxi 4.500.000 so‘mlik avtomashina ehtiyot qismlari va g‘isht ishlab chiqarish dastgohining ehtiyot qismlari o‘g‘irlab ketilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 13-dekabr kuni JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq do‘kondan 8 ming dollar va 8 million so‘m pul o‘g‘irlagan shaxs ushlangani hamda namanganlik 13 yoshli bola buvisining “seyf”iga o‘g‘irlikka tushgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







